Braziliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2017, 02:13
Moskvaning SSKA klubi sobiq hujumchisi Jo Braziliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Korintians” klubi hujumchisi Jo yakunlangan Braziliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Jo jamoasi bilan birga Braziliya chempioni bo'ldi. Futbolchi 18ta gol bilan chempionat to'purariga ham aylandi. 

“Fluminense” klubi hujumchisi Enrike Dourado ham aynan shuncha gol kiritgan. Jo 2006-2008 yillar oralig'ida SSKA safida Rossiya chempioni va ikki marotabadan mamlakat kubogi hamda Superkubogi sohibi bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: