Braim Dias kelasi mavsumni qaysi klubda o'tkazadi?

Alisher
23 iyun 2021
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Braim Dias kelasi mavsumda faoliyatini qayerda davom ettirishni bilmaydi.

Futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Milan"da o'tkazdi.

"Mening kelajagim? Men Madridda baxtli edim, hozir esa Milanda. Umid qilamanki, tez orada kelajagim borasida yaqin vaqtlarda bilib olaman", - deydi ispaniyalik futbolchi.

Oldinroq, "Milan" va "Real"ning Dias transferi borasida muzokaralar o'tkazayotgani aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira