Boyan Matich - "Paxtakor"da gol urgan 24-xorijlik futbolchi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2021
Serbiyalik hujumchi O'zbekiston chempionatida "sherlar" uchun to'p kiritgan 24-chet ellik o'yinchiga aylandi.

Endilikda "Paxtakor" safida gol urgan xorijlik futbolchilar soni 24 nafarga etdi. Ular 13 mamlakat fuqarolari sanaladi. Eng ko'p to'p kiritgan xorijlik o'yinchilar Chernogoriya va Serbiyadan bo'lib, jami 4 futbolchi ushbu mamlakat vakillari hisoblanadi. Shuningdek, uch nafar Braziliya fuqarolari "Paxtakor" uchun O'zbekiston chempionatida to'p kiritishga erishgan.

Eng ko'p gol ayni paytda jamoamiz sharafini himoya qilayotgan Dragan Cheran hisobiga yozilgan. U 56ta to'p muallifiga aylangan. Ixeruome Uche hisobida 30 gol mavjud. Gochguli Gochguliev, Kaxi Maxaradze va Tiago Bezerra 20 tadan ortiq gol urgan.

Dragan Cheran (Serbiya) - 56

Ixeruome Uche (Nigeriya) - 30

Gochguli Gochguliev (Turkmaniston) - 26

Kaxi Maxaradze (Gruziya) - 23

Tiago Bezerra (Braziliya) - 21

Ismael Gonsalvesh (Portugaliya) - 16

Boyan Miladinovich (Serbiya) - 13

Eren Derdiyok (Shveytsariya) - 12

Dushan Savich (Makedoniya) - 7

Marko Simich (Chernogoriya) - 7

Aleksandr Kroxmal (Turkmaniston) - 6

Adnan Oraxovac (Chernogoriya) - 6

Darko Markovich (Chernogoriya) - 5

Fabiano Anderson (Braziliya) - 4

Oleg Zenchenkov (Ukraina) - 3

Jora Oganesyan (Armaniston) - 3

Asilbek Momunov (Qirg'iziston) - 2

Vladislav Lyutiy (Ukraina) - 2

Irakli Klimiashvili (Gruziya) - 2

Fabio Pintu (Braziliya) - 1

Milorad Yanush (Serbiya) - 1

Sanibal Oraxovac (Chernogoriya) - 1

Gidi Kanyuk (Isroil) - 1

Boyan Matich (Serbiya) - 1

"Paxtakor" matbuot xizmati


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати