Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2014
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi bosh murabbiyi Safet Sushich iste'foga chiqarildi.
Kecha Bosniya va Gertsegovina futbol Federatsiyasida bo'lib o'tgan yig'ilishda mana shu qarorga kelishdi.

Oldinroq Sushich lavozimni o'z arizasiga ko'ra tark etmoqchi emasligini ma'lum qilgandi.

59 yoshli murabbiy 5 yil oldin terma jamoani qabul qilib olgandi. Aynan uning boshchiligida Bosniya va Gertsegovina o'z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo'llanma olgandi.

Eslatib o'tamiz, terma jamoa Evro-2016 saralashini omadsiz tarzda boshladi (dastlabki 4 uchrashuvida 2 ochko).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru