Boshidan jarohat olgan futbolchiga yordam ko'rsatish uchun chiqqan shifokorga qizil kartochka berildi

Mirjalol Normatov
25 noya 2019
Ayollar primerosi 10-turidan o'rin olgan "Logrono" - "Levante" (3:4) uchrashuvi gollarga va jiddiy voqealarga boy bo'ldi.

Uchrashuvning so'nggi daqiqasida "Levante" futbolchisi Alba Redondo boshidan jarohat oldi va shu boisdan jamoa shifokori unga yordam berish uchun maydonga tushdi. Bosh hakam doktorga qizil kartochka bergan bo'lsa-da, u bunga e'tibor qilmadi. Keyinchalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda holati anchagina yaxshi ekanligini ma'lum qildi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca