"Borussiya" Reyna bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
13 noya 2020
"Arilar" yosh yarim himoyachi bilan yangi bitim imzolashdi.

Bugun 18 yoshli amerikalik futbolchi Dortmund klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. U 2024 yilga qadar amal qiladi.

Qayd etish kerakki, o'yinchining maoshi bir mavsum uchun 2,5 million evroga qadar ko'tariladi.

Reynaning "Borussiya" bilan tuzgan oldingi shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan edi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN