"Borussiya" hujumchisi Plea koronavirusga chalindi

Alisher
20 noya 2020
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi forvardi Alassan Plea koronavirusga musbat test topshirdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

27 yoshli futbolchi Bundesliga doirasida "Borussiya"ning yaqin o'yinlarini, shuningdek Chempionlar Ligasi guruh bosqich doirasidagi "Shaxtyor" (Doneck)ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

O'yin 25 noyabr kuni Germaniyada bo'lib o'tadi. Hujumchi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 6ta o'yinda mayonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: borussia.de