"Borussiya" hujumchisi Bundesligada gol urgan eng yosh angliyalik futbolchi bo'ldi

Mirjalol Normatov
22 apr 2018
Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Jeydon Sancho Bundesliga doirasida "Bayer"ga (4:0) qarshi uchrashuvda gol kiritdi.

Shu orqali 18 yosh 27 kunlik futbolchi Germaniya chempionati tarixida gol urgan eng yosh ingliz futbolchisi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Sancho "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Borussiya" uni 8mln evroga sotib olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru