"Borussiya" Dortmund sobiq futbolchisi 35 yoshida faoliyatiga yakun yasadi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2022, 19:13
Dortmundning "Borussiya", "Bayer" va "Shtutgart" klublarining sobiq yarim himoyachisi Gonsalo Kastro faoliyatini yakunladi.

Eslatib o'tamiz, yozda futbolchi 35 yoshga to'lgandi.

Yarim himoyachi joriy yilning 1 iyulidan boshlab, "Arminiya" bilan shartnomasi tugaganidan so'ng erkin agent maqomida edi. U o'ziga yangi klub topa olmadi.

Kastro faoliyati davomida Bundesligada 421 ta o'yin o'tkazib, 38 ta gol urgan va 80 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bundesliga News