“Borussiya D”ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi yakunlandi

Dortmund klubi 6 noyabr kuni YCHL 4-turida “Atletiko Madrid”ga 0-2 hisobida yutqazdi.

Shu tariqa jamoaning 15 ta o'yindan (12 ta g'alaba, 3 ta durang) iborat mag'lubiyatsiz uchrashuvlar seriyasi yakuniga etdi.

Shuningdek, jamoa joriy yil 31 avgustidan beri ilk marta maydonni golsiz tark etdi. O'shanda klub “Gannover” bilan durang o'ynagandi.

Ma'lumot uchun, “Borussiya” 10 noyabr kuni “Bavariya”ga qarshi maydonga tushadi.


Manba: Championat.asia