"Borussiya D" Xoland uchun fantastik narx belgilab qo'ydi

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2021
"Borussiya D" bu yozda Erling Xolandni sotmoqchi emas.

"Real"ga yaqin manbalarning xabar berishicha, dortmundliklar norvegiyalik futbolchiga qiziqayotgan klublarga, futbolchining narxi 250 million evro ekanligini ma'lum qilmoqda. Bu orqali, "Borussiya" yaqin orada Xolandni qo'yib yubormoqchi emasligini ko'rsatib bermoqda. 

Eslatib o'tamiz, futbolchiga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Real" va "Chelsi" kabi jamoalardan qiziqish mavjud.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: tribalfootball.com