
Manbaga ko'ra, "Tottenxem", "Kristal Pelas" va "Nyukasl Yunayted" 38 yoshli germaniyalik mutaxassisga davogarlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Terzich Lyusen Favr ishdan bo'shatilgandan so'ng "Borussiya"ga ustozlik qila boshladi. Jamoa uning boshchiligida Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi va Bundesligada uchinchi o'rinni egalladi. Dotmundliklar keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynashadi.
Alohida aytish kerakki,, Terzich allaqachon APLda murabbiylik tajribasiga ega – 2015 yildan 2017 yilgacha u "Vest Xem"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Germaniyalik shuningdek, Turkiyaning "Beshiktosh"ida ham yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan (2013-2015).