“Borussiya D” hujumchisi Rossiya chempionatiga ko'chib o'tadi

Maksimilian Filipp Moskvaning “Dinamo” klubiga o'tadi.

Ma'lum bo'lishicha, “Dinamo” Filipp transferi yuzasidan “Borussiya D” bilan kelishuvga erishgan. Moskvaliklar futbolchi uchun 18 mln evro to'lashga tayyor. Transfer shu haftada rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Filipp 2018/19 yilgi mavsum Bundesligada 18 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Ruhrnachrichten.de.