“Borussiya D” “Barselona” vingeri uchun 42 mln evro to'lashga tayyor

Malkom tez orada Kataloniya klubini tark etadi.

Uning xizmatlariga “Borussiya D” jiddiy qiziqib qolgan. Dortmund klubi futbolchini hech qanday ijara shartnomalarisiz to'liq qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi. Malkom transferi uchun “Borussiya D” “Barselona” hisob raqamiga 42 mln evro o'tkazib berishga tayyor. 

Malkomga shuningdek, “Roma” ham davogar bo'lib turibdi.


Manba: Mundo Deportivo