"Borussiya" bosh homiylaridan biri bilan 100 million evro evaziga shartnomani uzaytirdi

Alisher
1 mar 2022
"Borussiya" Signal Iduna kompaniyasi bilan homiylik kelishuvini uzaytirdi.

Bitim 2031 yilga qadar mo'ljallangan.

Bitimning umumiy narxi 100 million evroga baholanmoqda, klub bu pulni 10 yil ichida oladi.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya"ning uy arenasi "Signal Iduna Park" deb nomlanadi. Klub va kompaniya 2005 yildan beri hamkorlik qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Bild