"Borussiya" Adeyemiga Xolandning o'rinbosari sifatida qaramoqda va unga 5 yillik shartnoma taklif qildi

Alisher
5 noya 2021
"Zalcburg" hujumchisi Karim Adeyemi mavsum so'nggida faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Dortmund jamoasi 19 yoshli Germaniya terma jamoasi o'yinchisiga 5 yillik shartnoma taklif qildi.

Adeyemi - Erling Xoland yozda ketsa, "Borussiya"ning transfer maqsadi hisoblanadi.

Futbolchiga shuningdek PSJ, "Bavariya", "Real", "Atletiko", "Inter" va "Liverpul" klublari qiziqmoqda.

Forvard joriy mavsum Avstriya Bundesligasi doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira