"Borussiya" 35 mln evro evaziga Allerning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
22 iyun 2022
"Ayaks" forvardi Sebastyan Aller "Borussiya"ga o'tishga yaqin.

Dortmund klubi 35 mln evro evaziga Kot-d’Ivuar terma jamoasining 28 yoshli o'yinchisining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, buni jurnalist Fabricio Romano tasdiqlamoqda.

Bu "Borussiya" tarixidagi eng katta xarid bo'ladi.

Nemis klubi Allerning o'zi bilan ham shartnoma borasida kelishib olgan. Faqatgina tibbiy ko'rikdan o'tish va qog'ozga imzo chekish qoldi xolos.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano