Bonaventura "Benevento"ga o'tadi

"Benevento" bosh murabbiyi Filippo Inzagi jamoa tarkibi tajribali yarim himoyachi Jakomo Bonaventura bilan kuchaytirilishi mumkinligini tasdiqladi.

Jakomo 6 avgust kuni "Milan"ni tark etib, erkin agentga aylangandi. U "rossonerilar" tarkibidagi 6 yillik faoliyati davomida 184 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 35 ta gol urdi, 30 ta golga assistentlik qildi.

31 yoshli futbolchining xizmatlariga "Torino" rahbariyati ham qiziqish bildiryapti.


Manba: Football Italia