Bolt professional futboldagi debyutini amalga oshirdi VIDEO

Mirjalol Normatov
31 avg 2018
Yamaykalik sprinter Useyn Bolt Avstraliyaning "Sentral Kost Mariners" jamoasi tarkibidagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.

32 yoshli futbolchi jamoaning "Sentral Kost Selekt" (6:1) jamoasiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. 20 daqiqa davomida yamaykalik natijaga ta’sir qiladigan vazifani bajara olmadi. Uning debyuti bo'lgan bahsni 10 mingga yaqin muxlis kuzatib bordi.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/ccmariners