Bolt: "Agarda menga ham 700 mln berishsa, faoliyatimni qayta boshlardim"

Mirjalol Normatov
25 iyul 2023
Afsonaviy engil atletikachi Useyn Bolt Saudiya Arabistonida Kilian Mbappe uchun taklif qilingan maosh haqida gapirdi.

"Agarda menga ham 776 million dollar berishsa, faoliyatimni yakunlaganim borasidagi qarorni bekor qilardim", - deb yozadi Olimpiadagi 8 karra chempioni.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi hujumchining transferi uchun 300 mln evro, maoshi uchun esa 700 mln evro to'lashga tayyor turgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal