Boliviya futbol federatsiyasi prezidenti koronavirusdan vafot etdi

Alisher
20 iyul 2020
Seser Luis Salinas COVID-19 asoratlari bilan vafot etdi.

Boliviya futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Salinas 19 iyul kuni vafot etdi.

58 yoshli Salinas 9 iyul kuni og'ir gripp bilan Boliviya poytaxti La-Pasdagi kasalxonaga joylashtirilgan. Ikki kun o'tgach, unda koronavirus borligi aniqlandi va ko'p o'tmay Seser Luisning ahvoli yomonlashdi va suniy nafas olish apparatiga ulandi.

Koronavirus Salinasning rafiqasida ham aniqlangan, ammo kasallik unda simptomlarsiz o'tgan.


AlisherMuallif
Manba: gtp.gr