Boburjon Omonov: "Buxoro" chorak finalga chiqishga urinadi"

Narzulla Saydullayev
18 may 2016
"Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvidan oldin mehmonlar himoyachisi Boburjon Omonov o'z fikrlarini bildirdi:

"Bugun jamoamizni yana bir og'ir o'yin kutib turibdi. Kubok bahslarining ushbu bosqichida ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib nomi aniqlanadi. Keyingi bosqichga chiqish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz. Men murabbiylar xohlagan paytida maydonga tushib jamoamga yordam berishga tayyorman, eng muhimi jamoam ijobiy natija kayd etsa bas", - deydi Omonov.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvi soat 18:00da boshlanadi.

"Buxoro" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia