Bobur Zuhriddinov: "Himoyadagi xatolar qimmatga tushdi"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2016, 23:55
Yoshlar Birinchiligining 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Obod" (2:1) uchrashuvidan keyin jamoamiz ustozi Bobur Zuhriddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Mag'lubiyatimizning asosiy sabablaridan biri himoyadagi qo'pol xatolarimizdir. Bugun himoyachilarimiz meni ranjitishdi. Yosh bolalar kabi oddiy xatolarga yo'l qo'yildi. Rosti, yirik hisobda yutqazishimiz ham mumkin edi, lekin baxtimizga "So'g'diyona" a'zolari xavfli vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. Bizning himoyachilardan farqli ravishda, mezbonlarning himoya "qo'rg'oni" menda iliq taassurot qoldirdi. Bo'ydor futbolchilarni e'tibordan chetda qoldirgan ekanmiz, yakunda bu mag'lubiyatimizga ta’sir qildi. Shunday bo'lsa-da, birinchi bo'lim to'liq bizning ustunlikda o'tdi. Ammo futbol 90 daqiqadan iborat. Ikkinchi bo'limda o'yin tizgisini mezbonlarga topshirib qo'ydik. Natijada ikki tezkor gol tufayli g'alabamiz mag'lubiyatga aylanib ketdi. 


"Obod" FK matbuot xizmati



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcobod.uz