Bobir Davlatovning goli "Rubin" yoshlariga g'alaba keltirdi

Kecha Rossiyada yoshlar ligasining 27-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
"Rubin" yoshlari o'z maydonida "Kuban"ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvning 62 daqiqasida Bobir Davlatov tomonidan kiritilgan yagona gol "Rubin" yoshlariga navbatdagi g'alabani taqdim etdi. Bu o'yinda Davlatov to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

Ushbu mavsumda "Rubin" yoshlari safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan Bobir Davlatov 15 ta golga mualliflik qildi. "Rubin" yoshlari uchun o'z maydonidagi uchrashuvlar yakuniga etdi.

Manba: championat.asia