BMB - "Paxtakor" futzal jamoalari o'rtasidagi bahs hakami qizil kartochka ko'rsatishi kerakmidi? Hakamlar markazi ekspertlar guruhi qaror chiqardi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2023
Mazkur jamoalar o'rtasida Qarshi shahrida bo'lib o'tgan tur o'yinida 1:0 hisobida BMB g'alaba qozonib turgan bir paytda paxtakorchilar hujum qiladilar.

Ahror Umarjonov darvozabon va himoyachini aldab o'tgan bir paytda, uni qo'pollik bilan to'xtatishganini videoda ko'rishingiz mumkin. Hisobga ta’sir qilgan vaziyatda o'sha qanotdagi hakam Furqat Azizov jarima zarbasi belgilagan ammo poytaxtliklarga hech qanday ogohlantirish ko'rsatmagan. VIDEONI KO'RISH. Yakunda bahs BMB klubining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan.

Bu borada O'zbekiston futbol hakamlari markaziga murojaat qildik.

Futbol hakamlari markazining 5 kishidan iborat ekspertlar guruhidan 3 nafari bu qizil kartochkaga tortadigan vaziyat deb topdi. Ular BMB futzalchisi "Paxtakor" futzalchisini yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgan deb hisoblashdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia