Blan agenti: "PSJ bosslari biz bilan iste'fo haqida suhbatlashmadi"

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2016, 18:45
PSJ bosh murabbiyi Loran Blan agenti Jan-Per Bernes mijozining iste'fosi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Sevilya" ustozi Unai Emeri tez orada Parij klubini boshqaradi.

"Hozir Blan tatilda. PSJ bosslari Loran bilan uning iste'fosi haqida suhbatlashishmadi. Men bilan ham. Biz voqealar rivojini kutyapmiz. Agar PSJ bir qaror qabul qilsa, klub rahbariyati buni biz bilan muhokama qilardi" - deydi agent.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien