Birinchi ligaga o'tish o'yinlari. "Denov" va "Do'stlik" finalga chiqishdi

Alisher
14 dek 2021, 15:57
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida Birinchi ligaga o'tish o'yinlari davom ettirilmoqda.

Bugun mazkur musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi va quyidagi natijalar qayd etildi.


Birinchi ligaga o'tish o'yinlari. 

Yarim final.


"Qumqo'rg'on-1977" - "Denov" 1:2

Gollar: Behruz Ro'ziev, 6 (0:1), Said Akmal Samadov, 8 (1:1), Jalil Kimsanov, 34 (1:2).


"Do'stlik" (Toshkent) - "Do'stlik" (Farg'ona) 2:3

Gollar: Shavkat Sattorov, 32 (1:0), Zarbillo Umarov, 63 (1:1), Mo'ydin Mamazulumov-pen., 70 (1:2), Zarbillo Umarov, 72 (1:3), Suhrob Rahmonov, 83 (2:3)


Endilikda bugungi yarim final ishtirokchilari qayd etilgan natijalardan kelib chiqib 3-o'rin va final uchrashuvlarida maydonga tushadilar.


3-o'rin uchun bahs:

"Qumqo'rg'on-1977" - "Do'stlik" (Toshkent)


Final uchrashuvi:

"Denov" - "Do'stlik" (Farg'ona)


Ma'lumot uchun, musobaqa yakunida 1,2,3-o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar kelgusi mavsumdan Birinchi ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia