Birinchi liga. “Zomin” – “UzDongJu” bahsi Yangierda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2016
Ushbu haftada birinchi ligada 3-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

“Zomin” jamoasi taqvimga ko'ra “UzDongJu”ni o'z uyida qabul qilishi lozim edi. Ammo Zomindagi stadionda ta'mirlash ishlari ketayotgani bois o'yin boshqa stadionga ko'chiriladigan bo'ldi. Yodingizda bo'lsa “Zomin” Kubok doirasidagi “Andijon”ga qarshi o'yinini Jizzaxdagi “Markaziy” stadionda o'tkazgandi.

Aftidan endilikda “Zomin”ga mazkur stadionda o'ynash uchun ruhsat berilgan. Shu bois klub rahbariyati Yangierdagi stadion xo'jayinlari bilan muzokara o'tkazib, yakunda “UzDongJu”ni ushbu stadionda qabul qilishi ma'lum bo'ldi.

Uchrashuv 17 aprel kuni soat 16:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia