Gap shundaki, "Sho'rtan" futbolchisi jamoasining "Zomin"ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida raqib darvozasiga naqd 4ta (!) to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu orqali Klishin g'uzorliklarga yirik g'alabani taqdim etdi. E'tiborlisi joriy mavsumdagi bungacha bir o'yinda 4ta to'p kiritgan futbolchi uchramay kelayotgandi. Shu bois Klishin ushbu chempionatda hozircha poker qayd etgan yagona futbolchi bo'lib turibdi. Uning umumiy gollari soni esa 8-turdan so'ng 9tani tashkil etmoqda va to'purarlar ro'yxatida 32 yoshli hujumchi peshqadamlikni o'z qo'liga olgan.
Aytish mumkinki, Viktor Klishin bungacha oliy ligada "Navbahor", "Mashal", "Andijon", "Dinamo" kabi jamoalarda ham o'ynagan. Joriy mavsumdan boshlab esa u birinchi liga a'zosi "Sho'rtan" sharafini himoya qilmoqda.
Islombek Rustambekov.