Birinchi liga. Bir yonib o'chgan “Xotira-79” haqida

Narzulla Saydullayev
7 avg 2014
Birinchi ligada bu yil ikkinchi mavsumni o'tkazayotgan “Xotira-79” birinchi bosqichda go'yoki bir yonib, o'chib qolgan alangaga o'xshab ketdi.
Boisi uychiliklar yil boshida oliy ligada o'ynab, uning havosidan bahramand bo'lgan bir qator o'yinchilarni o'z safiga qo'shib olibb, chempionatda juda ham omadli start oldi va hattoki turnir jadvalida peshqadamlik ham qilib yurdi. Biroq tanaffusga qadar tarkibda qandaydir o'zgarishlar bo'lib, jamoaning avvalgi shashti biroz pasaygandek tuyuldi nazarimizda.

Klub rahbariyati garchi jamoa oldiga kuchlilar safiga chiqish vazifasi qo'ymagan bo'lsada, tajribali o'yinchilarni tarkibga jalb etdi. Lochin Dolimov, Sanjar Asqaraliev, Bahrom Yuldashev, Maqsud Hayitov shular jumlasidandir. Endilikda yetakchi o'yinchilarning aksariyati jamoa bilan xayrlashganini inobatga olsak, ikkinchi bosqichda “Xotira-79”ga oson bo'lmasligi turgan gap.  

Birinchi bosqichda jamoa safida to'purar Islombek Isoqjonov bo'ldi. 21 yoshli hujumchi davralar oralig'ida elita vakili “Olmaliq” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek “Xotira-79” o'z darvozasidan 32ta to'p o'tkazib yuborgan.

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Islombek Isoqjonov

7

(2)

Abdulaziz Sultonov

5

Husan G'aniev

4

Abdulaziz Yusupov

2

Javlon Xolmirzaev

2

Sanjar Asqaraliev

2

Omil Mo'minov

2

(1)

G'ulomjon Otavaliev

1

Maqsud Hayitov

1

Shuhrat Ischanov

1

 
Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

22

Gollar

27

Uyda

16 (59,26%)

Safarda

11 (40,74%)

O'tkazib yuborilgan gollar

32

Uyda

12 (37,5%)

Safarda

20 (62,5%)

O'rtacha urilgan gollar

1,23

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,45

Uydagi ochkolar

20/33 (60,61 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

10/33 (30,3 %)

Eng yirik g'alaba

3:1 – “Istiklol”

Eng yirik mag'lubiyat

1:4 – “Ok-tepa”, “Paxtakor-2”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

7 (31,82%)

Gol ura olmagan o'yinlar

5 (22,73%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

3

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

3

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

70 (3,18)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,09) - 2/0

Muxlislar (jami/o'rtacha)

36070/1640


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia