Birinchi liga. 1-turda "G'allakor-Barsa" ishtirokidagi o'yinga eng ko'p muxlis keldi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2017, 14:41
1 aprel kuni birinchi ligada dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turdan o'rin olgan 8ta uchrashuvga jami 11795 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. (O'rtacha har bir uchrashuvga 1474 tomoshabin). PFL rasmiy sayti xabariga ko'ra eng ko'p muxlis G'allaorolda bo'lib o'tgan "G'allakor-Barsa" va "Andijon" o'rtasidagi o'yinga kelgan - 4325.

Vodiyda o'tgan yana ikkita uchrashuvga va Zomindagi uchrashuvlarga 2000dan ziyod tomoshabin kelgan. Qolgan 4ta uchrashuvni ko'rish uchun jami 569 nafar muxlis keldi.


Birinchi liga. 1-tur

G'allakor-Barsa (G'allaorol) – Andijon (Andijon) – 1:1. 4325 tomoshabin

Xotira-79 (Uychi) – Nasaf-2 (Qarshi) – 1:0. 2551 tomoshabin
 
Cementchi (Quvasoy) – Orol (Nukus) – 5:0. 2200 tomoshabin

Zomin (Zomin) – Istiqlol (Farg'ona) – 0:0. 2150 tomoshabin.

Nurafshon (Buxoro) – Norin (Xaqqulobod) – 0:1. 314 tomoshabin

Uz-Dong-Ju (Andijon) – Xorazm (Urganch) – 0:0. 116 tomoshabin

Mashal-2 (Muborak) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – 1:0. 82 tomoshabin

Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Surxon (Termiz) – 0:0. 57 tomoshabin


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia