Birinchi davra yakunlari. Eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan darvozabonlar

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2019
Superliganing dastlabki davrasi yakunlariga bag'ishlangan turkum maqolalarni berishda davom etamiz.

Darvozabonni bekorga yarim jamoa deb aytishmaydi. Himoyachining xatosini tuzatsa bo'ladi, darvozabon xato qilsa gol bo'lishi deyarli aniq.

Birinchi davrada "Dinamo" posboni Botirali Ergashev 12ta o'yinda maydonga tushdi va 4ta uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

"Surxon" darvozaboni Asilbek Amonov esa 12ta bahsning yarmida gol o'tkazgani yo'q.

"Lokomotiv" posboni Javohir Ilyosov 13ta uchrashuvda maydonga tushdi hamda 7ta bahsda raqiblariga gol urish imkonini bermadi.



Foto. Superliga: 1-davra ramziy terma jamoasi         

Foto.Birinchi davra to'purarlari        



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia