Bir qator sportchilarimiz faxriy unvon va ordenlar bilan taqdirlanishdi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2015, 11:27
O'zbekiston Mustaqilligining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan bir qator murabbiy va sportchilarimiz yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

O'zbekiston Mustaqilligining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan fan, talim, sog'liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanat, manaviyat va marifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g'oyani rivojlantirish, manaviyatimizni tiklash, o'zligimizni anglash yo'lida katta hissa qo'shgan, yorqin istedodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida sog'lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

 

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi”

Halimov Latif Yusufovich - Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi”

Sultonov Nurali Shodmonovich - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol maktabi katta murabbiyi

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi”

Boyqo'ziev Jasur Tavboyevich - Taekvondo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Tasmuradov Elmurat Zulipxar-uli - Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

“Do'stlik” ordeni bilan

Karimova Sevar Abdulazizovna - Gimnastika bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiyi

Shokin Dmitriy Aleksandrovich - Taekvondo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

“Shuhrat” medali bilan

Abdurahmonov Bekzod Mahamadjonovich - Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Voronina Ekaterina Aleksandrovna - Engil atletika bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Qurbonov Soyib Rajabovich - Dzyudo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Latipov Jasurbek Madaminjon o'g'li - Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Meliqo'ziev Bektemir Ro'zmatjon o'g'li - Boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com