Bilich: "Payet "Uotford"ga qarshi bahsni ilk daqiqalardan boshlashini kutyapman"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2016
"Vest Xem" yarim himoyachisi Dmitri Payet "Uotford"ga qarshi Premer-liganing 4-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

"Payet so'nggi bor "Vest Xem" safida "Chelsi"ga qarshi bahsda o'ynagan. U Fransiya terma jamoasida o'ynadi va biz uning holatiga baho berishimiz kerak. Dmitri "Uotford"ga qarshi bahsni ilk daqiqalardan boshlashiga umid qilyapman. U bizga etishmayotgandi. Har qanday klub uchun muhim futbolchidan ayrilish - muammoga aylanadi" - deydi Bilich.

"Vest Xem" - "Uotford" bahs 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports