Bilasizmi? Yaponiya mahalliy murabbiy qo'l ostida hali chempion bo'lmagan

Xayrulla Xoliqov
31 yanv 2019
Ertaga Yaponiya va Qatar o'rtasida Osiyo Kubogi finali bo'lib o'tadi.

Final Abu Dabi shahridagi "Zayed Sports Siti" stadionida o'tkaziladi. Bunda o'z tarixida ilk bor finalga chiqqan Qatar Osiyoning to'rt karra chempioni Yaponiya bilan o'ynaydi.

Qiziqarli ma'lumot shuki, Yaponiya bungacha to'rt marta chempion bo'lgan, buning ustiga faqat xorijlik murabbiylar qo'l ostida shunday natijaga erishgan. Xususan 1992 yil gollandiyalik Xans Ooft Yaponiyani ilk bor chempionlik shohsupasi sari boshlab kelgan bo'lsa, 2000 yil fransiyalik Filipp Truse, 2004 yil braziliyalik Ziko va 2011 yil italiyalik Alberto Zakkeroni boshchiligida "samuraylar" qita chempionligini qo'lga kiritishgan.

Hozir esa terma jamoani Xajime Moriyasu boshqarmoqda. Yaponiya mahalliy murabbiy qo'l ostida chempion bo'la oladimi-yo'qmi, buni ertaga bilib olamiz.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia