Bilasizmi? Nesterov va Bikmaev 16 yil oldin "Sharja" stadionida o'ynagan

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2019
2003 yil BAA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi.

O'shanda O'zbekiston o'z tarixida ilk bor ushbu mundialda ishtirok etgandi. O'sha tarkibda Ignatiy Nesterov va Marat Bikmaev ham bo'lgan hamda Argentina, Mali va Ispaniya bilan o'yinlarda maydonga tushishgan. 

E'tiborlisi ushbu o'yinlarning hammasi "Sharja" stadionida bo'lib o'tgan. 

Bundan tashqari 2013 yil U-17 Jahon chempionati chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston - Gonduras uchrashuvida ham shu stadionda o'tgan. O'shanda hozirgi tarkibda bor bo'lgan Javohir Sidiqov, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov va  Odil Hamrobekov maydonga tushishgan edi. 

Timur Kapadze o'z vaqtida "Sharja" klubi sharafini himoya qilgan. Bugungi kunda Otabek Shukurov shu klubda o'ynamoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia