Beylning agenti: “U “Real”dan kyetishiga hech qanday sabab ko'rmayapman”

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2020, 20:00
Madridliklar vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining “Real”dan ketmasligini ta'kidladi.

“Har doim uning Madridda baxtli ekanlgini aytganman. U yaxshi hayot kechirmoqda. “Real”da kyetishiga sabab ko'rmayapman. U hayotidan mamnun. Moliyaviy tomondan esa u nafaqat o'zini, balki farzandlari va nevaralarini ham taminlay oladi. Hozir u kyetishni xohlamasa kerak deb o'ylayman”, deya qayd etgan Barnett.

Uelslikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan. Beyl joriy mavsum “qaymoqranlilar” libosida 18 o'yinda qatnashib, 3+2 ko'rsatkichga erishdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport