“Betis” futbolchisi: “Kumanni hatto xizmat ko'rsatuvchi xodim sifatida ham ishga yollamasdim”

Eldor Akmurzayev
3 noya 2020
“Betis” yarim himoyachisi Xoakin Sanches 2007/08 yilgi mavsum “Valensiya”da murabbiy Ronald Kuman bilan birga ishlagan davrini esladi.

“Bu haqiqatan yoqimsiz tajriba bo'lgandi. U erda bo'lgan voqealar og'riqli. Agarda men prezident bo'lganimda, Kumanni hatto xizmat ko'rsatuvchi xodim sifatida ham ishga olmagan bo'lardim.

O'zimni juda yomon his qilgandim, bu sahifani o'zgartirdim. Bir-birimizga barchasini aytib berdik, bu esa uzoq davom etmagan. U bilan ko'rishish niyatim yo'q. Yomon odam emasman. Meni taniganlar bundan xabardor”, deydi Xoakin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Cadena SER