"Beshiktosh" Nainggolanga yangi taklif beradi

Alisher
12 avg 2021
"Beshiktosh" yaqindagina erkin agentga aylangan yarim himoyachi Raja Nainggolan uchun kurashni davom ettiradi.

Turklar "Inter" sobiq xavbekiga 2,5 million evro miqdorida maosh taklif qilishdi, bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.

Belgiyalikning birinchi tanlovi bo'lgan "Kalyari" esa faqatgina 1,2 million va bonuslar beradi. O'yinchining vakillari "Beshiktosh" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Kalyari"da o'tkazdi. U 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira