"Beshiktosh" Dele Allini xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi

Alisher
18 avg 2022
"Everton" yarim himoyachisi Dele Alli tez orada "Beshiktosh"ga o'tadi.

Istanbul klubi 26 yoshli angliyalikni ijaraga oladi.

Ijara kelishuvi bir mavsumga mo'ljallangan bo'ladi. Istanbulliklar keyinchalik o'yinchini 7 million evroga xarid qilish huquqiga ega bo'lishadi. O'yinchining o'zi o'tishga rozi.

Dele Alli 2022 yilning qishida "Tottenxem"dan "Everton"ga o'tgandi. U "ko'klar" safida 13ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sportitalia