Bernardu Silva: "Donnarumma menga Kurtuani eslatadi"

Mirjalol Normatov
18 sen 2025
"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva yangi jamoadoshi, kiper Janluijji Donnarummani Tibo Kurtuaga o'xshatini aytdi.

"Jiji menga Kurtuani eslatadi. Baland bo'yli, juda yirik yigit. U hali yosh, endigina 26 yoshda, biroq u uzoq yildan buyon yuqori darajada o'ynamoqda. 

Siz yangi jamoangizdagi ilk o'yiningizda o'zingizni yo'qotib qo'yishingiz mumkin. Biroq u o'zini juda yaxshi va qulay his qildi. Darvozada shunday darvozabonning bo'lishi ajoyib holat", - dedi portugaliyalik futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: City Xtra