Berdiev murabbiylik faoliyatini yakunlaydi?!

Alisher
12 noya 2019
"Rubin" va "Rostov" jamoalari sobiq bosh murabbiyi Qurbon Berdiev murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi.

67 yoshli mutaxassisni ko'proq bolalar-o'smirlar futboli qiziqtirmoqda. Shu sababdan tez orada murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi.

Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov futbol akademiyalari tarmog'iga asos bo'ladigan 4ta yopiq o'yin maydonlar qurish bo'yicha kelishuvga erishgan.

Berdiev esa bu loyihalarni boshqaradi. Bundan tashqari u Turkmanistonda ham ayni shunday loyihalarda ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, Qurbon Berdiev bundan oldin "Ximik" (Jambul), "Qayrat", "Genchlerbirligi", "Munayshi", "Niso", "Kristall", "Rubin" va "Rostov" klublarida va Turkmaniston terma jamoasida ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: Спорта День за Днем