

"Bu oddiy navbatdagi bahs. Ushbu uchrashuvga avvalgilaridek tayyorgarlik ko'ryapmiz. Har bir raqibga alohida e'tibor qaratamiz. Barcha futbolchilar "SKA-Xabarovsk"ka qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
"Rubin"ga kelganimda, men moliyaviy ishlarga aralashmasligim borasida shart bor edi. Maoshlar kechikmoqda, ammo bunday muammo ko'plab klublarda mavjud. Bu qachon, qanday hal bo'lishi haqida ma'lumotga ega emasman. Ushbu muammo natijaga ta’sir ko'rsatmaydi deb o'ylayman, chunki yigitlar yaxshi shug'ullanishmoqda. Ruxiy bosim bo'lishi mumkin. Ammo jiddiy emas.
Kadrlarga oid vaziyat moliyaviy imkoniyatlarga bog'liq. Kutilmagan vaziyatlar ko'p bo'lishi mumkin. Buyog'iga nima bo'lishini bilmayman" - deydi Berdiev.



