

Odatga ko'ra, OFK mutasaddilari dastlab, klub rahbariyati, homiylar va stadion vakillari bilan kichik yig'ilish o'tkazishdi. Tashrifning bosh maqsadi, tekshirish davomida asosiy e'tibor nimalarga qaratilishi haqida qisqacha ma'lumot berishdi. Osiyo futbol Konfederatsiyasi klublar o'rtasida musobaqalarni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig'i Benjamin Tan katta hajmda va eng zamonaviy talablar asosida “G'uzor” Markaziy stadionida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Stadionda muxlislar, jamoalar, hakamlar, nazoratchilar, uchrashuv komissari, martabali mehmonlar va radio, televidenie, shuningdek Ommaviy Axborot Vositalari xodimlari uchun yaratilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar bilan to'liq tanishib chiqdi. Va o'z o'rnida ta'kidlab o'tish joiz, Benjamin Tan amalga oshirilayotgan ishlardan mamnunligini yashirmadi. “G'uzordagi bu ajoyib sport inshooti, mamlakatingizdagi eng chiroyli, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega stadionlardan biri ekanligi shubhasiz. 2011 yili “Sho'rtan” jamoasi OFK Kubogi turnirida munosib ishtirok etgan edi. Biz G'uzorga yana yaqin vaqt ichida xalqaro musobaqa tashrif buyurishini tilaymiz”, - dedi Benjamin Tan. Shu bilan birga OFK vakili stadion chimiga ham juda ijobiy baho berganligini yashirmadi. U nazorat davomida maydon holati, doping nazorati, darvoza to'ri va uning ortidagi himoya to'rlari rangini o'zgartirish, VIP, CIP, matbuot xodimlari uchun ajartiladigan sektorlardagi bazi holatlar bo'yicha o'z takliflarini bildirdi.
OFK moliya bo'limi xodimi On Chon Xyon esa klubning moliyaviy masalalari bo'yicha hujjatlar bilan tanishib chiqdi. U qadar jiddiy bo'lmagan bazi bir kamchiliklarni bartaraf etish borasida klub moliya bo'limi boshlig'i va xodimlariga maslahatlar berdi.
OFK moliya bo'limi xodimi On Chon Xyon esa klubning moliyaviy masalalari bo'yicha hujjatlar bilan tanishib chiqdi. U qadar jiddiy bo'lmagan bazi bir kamchiliklarni bartaraf etish borasida klub moliya bo'limi boshlig'i va xodimlariga maslahatlar berdi.



