Benzema - Valbuenaga: "Qo'ling o'zingda turaversin"

Aslanov Jasurbek
20 mar 2018
"Real" hujumchisi Karim Benzema 3 yil avvalgi mojaro uchun "Fenerbaxche" yarim himoyachisi Matyo Valbuena bilan yarashishni istamadi.

Aynan ushbu kelishmovchilik tufayli Benzema milliy terma jamoaga chaqirilmay qo'ydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Valbuena matbuotga Benzema bilan uchrashib qolsa, qo'l berishini aytdi. Biroq "Real" futbolchisi "Instagram"da shunday javob qaytardi: "Qo'ling o'zingda turaversin".

2015 yilda Valbuena Benzemani hamtovoqlari bilan tovlamachilikda ayblagan edi. 2017 yilning yozida "Real" forvardi sudda yutib chiqdi va u aybsiz deb topildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 90min.com