

Eslatib o'tamiz, francuzlar kechagi Ispaniya chempionati doirasidagi "Jirona"ga qarshi o'yinni jarohati sabab o'tkazib yuborgandi.
Manbaning xabariga ko'ra, Benzema Chempionlar ligasining "Seltik"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, hujumchi allaqachon jarohatidan qutulgan, biroq uning bo'lajak o'yindagi ishtiroki jarohatni qaytalanish xavfi ostida qoldirishi mumkin.
Tchuamenining ahvoli haqida hozircha xabar yo'q. Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi jamoaga shu yilning yozida Fransiyaning “Monako” klubidan o'tgandi.



