Benzema: "Ronaldu - mening katta do'stim. U bilan yana ko'rishish ajoyib bo'ldi"

Alisher
24 iyun 2021
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Evro-2020 doirasidagi Fransiya va Portugaliya (2:2) o'rtasidagi o'yinda "Real"dagi sobiq sherigi Krishtianu Ronaldu bilan nimani gaplashganini aytdi.

"Ronaldu - mening katta do'stim, "Real"da biz ko'p narsalarga erishdik va ko'plab gollar urdik. Uni yana ko'rish ajoyib bo'ldi. Biz suhbatlashdik va bir-birimizga terma jamoa va klublarda omad tiladik", - deydi Benzema.

Eslatib o'tamiz, Fransiya 5 ochko jamg'ardi va Evro-2020 F guruhida birinchi o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: A Bola