

"Real" hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan Saudiya Arabistonigi hayot va mahalliy chempionat haqida suhbatlashgan. As nashrining ma'lum qilishicha, "Real" hujumchisi Saudiya Arabistonining "Al Ittixod" klubiga o'tishga yaqin. Benzema "Al Ittixod" bilan yiliga 100 mln evro maosh ko'zda tutilgan, ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Karim Benzema o'z kelajagi borasidagi qarorni tez orada qabul qiladi.



