Benzema LaLiganing o'tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oldi

Mirjalol Normatov
22 dek 2020
"Real" hujumchisi Karim benzema Ispaniya chempionatining o'tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib oldi.

"Juda ham xursandman. Bu men uchun ko'p narsani anglatadi. Bu yo'lda ko'plab ajoyib futbolchilarni ortda qoldirganimdan xursandman", - dedi Benzema "Marca" nashriga.

33 yoshli francuz o'tgan mavsumda LaLiganing 37 o'yinida 21 gol va 8 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca