Benzema joriy mavsum La Ligada 18 ochko to'pladi. Top-5 ligalarida faqatgina Salahda ko'proq

Alisher
29 noya 2021
"Real" hujumchisi Karim Benzema "Sevilya" (2:1)ga qarshi La Liga 15-tur doirasidagi o'yinda gol urdi.

Futbolchi 32-daqiqada o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Shunday ekan, 33 yoshli francuz Ispaniya chempionati 2021/22 yilgi mavsumida "gol+pas" tizimida 18 ochko (11+7) to'pladi. Yevropaning top-5 ligalarida faqatgina "Liverpul" forvardi Muhammad Salahda ko'proq - 19 (11+8)

"Real" ushbu o'yindan so'ng 33 ochko bilan "Atletiko"dan 4 ochko ilgarilab ketgan holda, jadvalda birinchi o'rinni qayd etib turibdi. "Sevilya"ning hisobida esa 28 ochko bor (4-o'rin).


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose